AQSHda Raqamli texnologiyalar vazirligi, “O‘zbektelekom” AK va “Toyota Tshusho Corporation” o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
2023-09-16 22:20:00 / Vazirlik yangiliklari
“Toyota Tsusho Corporation” (TTC) kompaniyasining boshqaruv direktori Yeidji Matsuzaki bilan “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish loyihasining 2-fazasi muhokama qilindi.

Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vazirligi, “O‘zbektelekom” AK va “Toyota Tshusho Corporation” o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Loyiha doirasida telekommunikatsiya transport tarmog‘ini kengaytirish, xalqaro paketli kommutatsiya markazini kengaytirish, kommutatsiya markazini IMS texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish, ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish, fazoviy sinxronizatsiya, bulutli xizmatlarni kengaytirishni IMS texnologiyasi asosida modernizatsiya qilishda Cisco, Juniper, Sandvine, NEC, Vertiv,Tellhow, HP, Dell, Ribbon, Microchip, Anritsu va boshqa kompaniyalarning qurilmalari asosida kengaytirish rejalashtirilgan.





