Malaysia Digital Economy korporatsiyasi bilan raqamlashtirish sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2025-02-05 12:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda tomonlar yaqin kelajakda har ikki mamlakatda raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzolash hamda Sirdaryo viloyatidagi O‘zbekiston-Malayziya savdo missiyasiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar.
Delegatsiyaga Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Oleg Pekos boshchilik qildi. Shuningdek, Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Bobur Xudjamov, IT Park Uzbekistan kompaniyasining Malayziyadagi elchisi Metyu Barsing, Sirdaryo viloyatidagi IT Park rahbari Oybek Anvarov va IT Parkning Osiyo bo‘limi bosh menejeri Janat Pak ishtirok etdi.
MDEC nomidan muzokaralarni bosh direktor Anuar Fariz Fadzil olib bordi. Tomonlar Malayziya va O‘zbekiston biznesi uchun yangi imkoniyatlar ochishga xizmat qiluvchi ITes kompaniyalari hamkorligiga alohida e’tibor qaratib, har ikki mamlakatning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha salohiyatli hamkorlik masalalari ko'rib chiqildi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzolash rejalashtirilgan bo‘lib, uning doirasida tomonlar Malayziya kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirishi va mamlakatimizdan o‘z biznesini global miqyosda kengaytirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, hamkorlik IT-jarayonlarini IT Park Uzbekistan rezidentlariga autsorsing qilishni nazarda tutadi. Bitim Oʻzbekistondagi ishbilarmonlik muhiti bilan tanishish boʻyicha qoʻshma tadbirlarni tashkil etish, Malayziyaning ITes kompaniyalari ofislarini ochishga koʻmaklashish, shuningdek, startap va innovatsion korxonalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashni oʻz ichiga oladi. Ushbu hamkorlik O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga va ikki davlatning IT ekotizimlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Ma'lumot uchun: 1996-yilda tashkil etilgan Malaysia Digital Economy Corporation (MDEC) Malayziya Raqamli texnologiyalar vazirligi qoshidagi davlat organi boʻlib, mamlakatning raqamli iqtisodiyotini ilgari surish va rivojlantirish uchun masʼuldir.

