Estoniyaning yurtimizga yangi tayinlangan elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-02-21 19:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov Estoniyaning O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Yaap Ora bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasidagi raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Xususan, raqamli hukumat, elektron viza tizimi va boshqa raqamli yechimlar bo‘yicha Estoniyaning tajribasidan foydalanish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tomonlar uchrashuvda axborot texnologiyalari, telekommunikikatsiya, raqamli iqtisodiyot va elektron xizmatlar bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida kelgusidagi aloqalarni rivojlantirish va yangi imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlashga kelishdilar.





