my.gov.uz orqali “Doimiy yashash joyiga roʻyxatga qoʻyish” qulaylashdi!
2025-03-12 14:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Xizmat qadamlari qisqartirildi va mulkdorga tegishli koʻchmas mulk maʼlumotlari avtomat ravishda tekshiruvdan oʻtkaziladigan boʻldi.
Shuningdek, farzandni doimiy roʻyxatingiz boʻyicha roʻyxatga qoʻyish imkoniyati ham yaratilgan. (https://my.gov.uz/oz/service/363) Bunda mulkdorning roziligi – shaxsiy kabinetga yuboriladigan soʻrov orqali tasdiqlanadi.
Toshkent shahar va Toshkent viloyati boʻylab doimiy roʻyxatga qoʻyish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
⏺Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida uy sotib olinganida, mulkdor oʻzini doimiy roʻyxatga qoʻya oladi.
⏺ Mulkdor oʻz farzandlarini Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati boʻylab doimiy roʻyxatga qoʻya oladi (agar farzandlarining manzil maʼlumotlari Ichki ishlar vazirligi “Manzil” axborot tizimida mavjud boʻlsa).
⏺Avval Toshkent shahar yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtgan va qaytib ushbu shahar yoki viloyatga doimiy roʻyxatga turmoqchi boʻlsa.
❗️ Boshqa holatlarda shahar va tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga murojaat etish lozim.
▶️ Videoqoʻllanmada xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing:
▶️https://youtu.be/erugs14mhiA
