Coursera hamkorligidagi xalqaro onlayn ta’lim platformasi orqali yuqori natijalarga erishgan yoshlar tantanali ravishda taqdirlandi
2025-12-06 18:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun, 6-dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yirik texnologiya anjumani — “GDG Tashkent DevFest 2025” doirasida O‘zbekiston IT hamjamiyati uchun muhim voqea yuz berdi. Coursera hamkorligida xalqaro onlayn ta’lim platformasi orqali yuqori natijalarga erishgan o‘zbekistonlik yoshlar tantanali ravishda taqdirlandi.
Marosimda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, O‘zbekistonda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, onlayn ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasini e’tirof etdi. Vazir eng faol va muvaffaqiyatli o‘rganuvchilarga munosib mukofotlarni topshirdi.
Taqdirlanganlar:
Ahmedova Muslima — Development Learning Achiever (Dasturlash yo‘nalishidagi yutuqlari uchun)
Yasmina Marufova — Consistent Learning Achiever (Barqaror o‘qish intilishi uchun)
Mannapov Arman — Data Learning Enthusiast (Data yo‘nalishidagi faol ishtiroki uchun)
Asadbek Abdunabiyev — Excellence in AI Learning and Application (Sun’iy intellekt bo‘yicha chuqur bilim va amaliyoti uchun)
Dauletiyar Kalilaev — Progress Excellence Award (Bir nechta yo‘nalishlarda tez sur’atlarda o‘sish uchun)
Tadbir doirasidagi ushbu taqdirlash marosimi O‘zbekistonda raqamli ta’limning ommalashib borayotgani, xalqaro platformalar bilan hamkorlik esa minglab yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratayotganini yana bir bor tasdiqladi.
Siz ham sun’iy intellektni o‘rganing. Endi buni “5 million sun'iy intellekt yetakchilari” aileaders.uz yangi ta’lim platformasi orqali oson va qulay tarzda boshlashingiz mumkin, rivojlaning va zamonaviy texnologiyalar dunyosida o‘zingizga yangi yo‘l oching!




