audio

    Parkent tumanida “IT shaharcha” qurilishiga start berildi

    Joriy yilning 15-may kuni O‘zbekiston Prezidentining “Hududlarda yoshlarga raqamlashtirish va xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

    Shu maqsadda Toshkent viloyati Parkent tumanining Samsarak qishlog‘ida “Villayat Samsarak: CREATIVE ECO IT VILLAGE” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ushbu hududda tashkil etilishi rejalashtirilgan “IT shaharcha” qurilishiga start berildi. 

    Unda Raqamli texnologiyalar vazirli Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

    “Villayat Samsarak” eko qishlog‘i “Villayat” kompaniyalar guruhining tajriba loyihasi bo‘lib, u yashil va ijodiy iqtisodiyot doirasida faoliyat yuritib, Toshkent viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

    Ta’kidlash lozimki, “IT shaharcha” hududda yoshlar o‘z kasbini topishi, rivojlanishi va atrof-muhit bilan uyg‘unlikda yashash orqali jamiyatga o‘z hissasi qo‘shishi, IT sohasini yanada rivojlantirishi uchun noyob makon bo‘lishi ko‘zda tutilgan.


    • view_icon 998
    : 2024-05-19 09:21:26