“Game and Animation Fest” doirasida bir qator xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi
2024-06-12 08:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Game and Animation Expo koʻrgazmasida 25 ta animatsiya va oʻyin kompaniyalari oʻzlarining innovatsion ishlarini namoyish etildi hamda ko‘rgazmaga 5 ming dan ortiq kuzatuvchi tashrif buyurdi.
Forumda AQSh, Kanada, Ozarbayjon, Finlandiya, Yaponiya, Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston kabi davlatlardan kelgan ekspertlar mahalliy ekspertlar bilan birgalikda animatsiya sohasini rivojlantirish haqida fikr almashdilar.
Shuningdek, Festival davomida PUBG, CS:GO, Dota 2, Valorant, FC24 hamda MLBB bo‘yicha kibersport turnirlari o‘tkazildi, ularda jami 100 dan ortiq jamoa tarkibida 500 dan ortiq kibersportchilar bellashdi.
Shu bilan birga, Cosplay segmenti ijodkorlikning dinamik namoyishi boʻldi, 30 nafar isteʼdodli rassomlar multfilm va oʻyin qahramonlarining ajoyib liboslarini namoyish qilishdi.
O‘z navbatida, “Game and Animation Fest” tadbiri doirasida bir qator kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Jumladan, WePlay Ventures (Niderlandiya-Turkiya), ABAI (Hindiston) va Lakeside Animation (Kanada), Nodwin Gaming (Hindiston), Tencent Games Global (Xitoy), Moonton (Xitoy) kompaniyalari bilan muzokalar olib borildi.
Tencent Games Global kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha menejeri Hicham Nouhou bilan uchrashuvda Tencent Games Global bilan hamkorlikda O‘zbekistonda xalqaro PUBG turnirlarini tashkil etish, O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishda Tencentni qo‘llab-quvvatlash va Gamedev ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha qo'shma loyihalar bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: Tencent Games Global - dunyodagi eng yirik texnologiya kompaniyalaridan biri bo'lgan, 450 milliard AQSh dollarlik kapitalizatsiyaga ega Xitoyning Tencent Holdings Limited bo‘linmasi hisoblanadi.
Shuningdek, amerikalik animator, animatsiya rejissori, ssenarist Mayk Morris bilan uchrashuvda O‘zbekistonda ijodiy industriya va animatsiya sohasida iste’dodlarni rivojlantirish, yoshlar va studiyalar uchun animatsiya autsorsing imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha masalalarga e'tibor qaratildi.
Moonton kompaniyasining E-sports bo’yicha Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Ajay Jilka, Esports & BizDev boshlig‘i Adelyat Mamedov va Esports menejeri Vladislav Samoxalar bilan uchrashuvda O‘zbekistonda MLBB bo‘yicha xalqaro turnirlarni tashkil etish, o‘zbek o‘yin studiyalariga Xitoy bozorida nashr qilishda yordam berish, O‘zbekistonda vakolatxona tashkil etishni ko‘rib chiqish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: Moonton - taniqli video o‘yinlar ishlab chiqaruvchisi va nashriyotchisi bo'lib, birinchi navbatda "Mobile of Legends: Bang Bang" mobil o‘yini bilan tanilgan kompaniyadir. MLBB auditoriyasi orasida o‘zbekistonlik foydalanuvchilar 4-o‘rinda turadi.
Shuningdek, Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan Turkiyaning WePlay Ventures kompaniyasining Investitsiya boshqaruvi rahbari Emre Kesti bilan uchrashuv doirasida WePlay Ventures kompaniyasi bilan hamkorlikda WePlayHub akkseleratoriga oʻzbek oʻyin studiyalarini jalb qilish, o'yin ishlab chiqarish bo’yicha ta'lim loyihalarini qo'llab-quvvatlash masalalari ko'rib chiqildi.
Ma’lumot o‘rnida: WePlay Ventures – o‘yin sektoridagi venchur fondi bo‘lib, u mobil, kompyuter va konsol o‘yinlarini dastlabki bosqichda ishlab chiquvchilarga sarmoya kiritadi. Fond portfoliosida ayni paytdan 50 dan ortiq studiya mavjud.
ABAI (Bangalor animatsiya sanoati assotsiatsiyasi) vitse-prezidenti Ganesh Papanna bilan uchrashuvda hamkorlikda O‘zbekistonda VFX va animatsiya uchun mukammallik markazini yaratish imkoniyatlari, Animatsiya ishlarini O‘zbekiston studiyalariga autsors qilish va qo‘shma ta’lim tashabbuslari bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. Ushbu masalalarni amalga ko‘chirish maqsadida, vazirlik va ABAI o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Ma’lumot o‘rnida: ABAI Hindistonda animatsiya, VFX va Oʻyin sanoatini rivojlantirishga qaratilgan notijorat tashkilotdir.
Shu bilan birga, Lakeside Animation kompaniyasining bosh direktori Yuriy Stepanov va Bosh ijodiy direktori Metyu Lionlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv doirasida Lakeside Animation kompaniyasi yordamida O‘zbekiston va Kanada studiyalari o‘rtasida hamkorlikda ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganish, O‘zbekistonda ta'lim dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va AKT haftaligida qatnashish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Ma’lumot o‘rnida: Lakeside Animation 2018-yilda tashkil etilgan va animatsiya kontenti ishlab chiqish va o‘z mijozlariga to‘liq spektrli ishlab chiqarish xizmatlarini taklif qilishga ixtisoslashgan Kanadaning birinchi studiyasidir.
O‘z navbatida, ICTWeek-2024 sammitida kompaniyalar bilan “Gamedev” musobaqalarini tashkillashtirish kabi masalalarda kelishuvga erishildi.






