O‘zbekiston Global AI Community xaritasiga qo‘shildi
2026-04-18 13:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Global AI Community, dunyoning 100 dan ortiq shaharlarida faoliyat yurituvchi sun’iy intellekt mutaxassislari, tadqiqotchilar va texnologiya ishqibozlarini birlashtirgan yirik xalqaro hamjamiyat hisoblanadi.
Ushbu platforma doirasida bepul uchrashuvlar, seminarlar, xakatonlar va amaliy treninglar tashkil etilib, sun’iy intellekt yo‘nalishida bilim va tajriba almashish imkoniyati yaratiladi.
Mahalliy bo‘limning ochilishi aholining sun’iy intellekt sohasidagi savodxonligini oshirish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishidagi muhim qadam bo‘ldi.
Endilikda O‘zbekistondagi tadqiqotchilar, muhandislar, talabalar va texnologiya ishqibozlari global AI hamjamiyatiga bevosita qo‘shilib, Toshkentda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bo‘lim sahifasi: https://globalai.community/chapters/tashkent/

