086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani endi my.gov.uz orqali onlayn oling
2026-05-04 18:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur ma’lumotnoma quyidagi toifadagi fuqarolar uchun zarur:
- OTМ, litsey va kollejlarga hujjat topshiruvchi abituriyentlar;
- Sportchilar va ishga kiruvchi nomzodlar;
- Sudyalik lavozimiga tayinlanadiganlar;
- “Muruvvat” va “Sahovat” uylariga yo‘llanma oluvchi keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar.
Ma’lumotnomani onlayn olish tartibi:
- my.gov.uz portaliga kiring;
- “Sog‘liqni saqlash” bo‘limini tanlang;
- “086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani olish” xizmatini tanlab, hujjatni yuklab oling.
Muhim eslatma: Ma’lumotnoma shakllanishi uchun fuqaro avval tibbiyot muassasasida shifokorlar ko‘rigidan o‘tgan bo‘lishi zarur. Shifokor xulosalari tizimga kiritilgach, hujjatni onlayn tarzda olish mumkin.
Xizmat mutlaqo bepul va qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.
My.gov.uz — davlat xizmatlari endi sizga yanada yaqin va qulay.
