audio

    Vazir TATU Farg‘ona filiali faoliyati bilan tanishdi hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida Vazir filialning 1-o‘quv binosida joylashgan Ekspomarkaz va Strategiya markazida bo‘lib, ilmiy ishlanmalar, xalqaro hamkorlik hamda filial talabalarining xalqaro va respublika miqyosidagi turli tanlov va musobaqalarda qo‘lga kiritgan yuqori natijalari bilan tanishdi. Vazir u yerda talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish, ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Filialning “Axborot xavfsizligi” kafedrasi qoshida ochilgan “Murakkab jarayonlarni modellashtirish” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyati hamda laboratoriyadagi sharoitlar, shuningdek, filialda tashkil etilgan “Student ofis” faoliyati hamda ofisda talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishdi hamda Vazir ushbu laboratoriya hamda “Student ofis” faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdi. 

    Filialda tashkil etilgan zamonaviy Axborot resurs markaziga kirib, markazni zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda filial qoshida tashkil etilgan Kiberxavfsizlik markazida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

    Shuningdek, Filial hududida davlat xususiy sherikchilik asosida barpo etilayotgan 5 qavatli 400 o‘ringa mo‘ljallangan Talabalar turar joyining qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Mas’ullar bilan suhbat chog‘ida u yerda qurilish ishlarini sifatli olib borish, talabalar uchun munosib va qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.


    • view_icon 1155
    : 2024-07-12 09:12:17