GSMA bilan O‘zbekistonda raqamli transformatsiya va telekom infratuzilmasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-05-20 20:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Muloqot davomida O‘zbekistonda raqamli transformatsiya, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va aholining internetdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda aholi uchun hamyonbop qurilmalar va arzon tariflarni joriy etish, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
GSMA vakillari O‘zbekistonning raqamli ko‘nikmalar va startap ekotizimini rivojlantirish borasidagi tajribasini yuqori baholadi.
Shuningdek, sun’iy yo‘ldosh aloqasi va mobil tarmoqlar integratsiyasi, past orbitali sun’iy yo‘ldosh tizimlarini tartibga solish bo‘yicha xalqaro yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar raqamli infratuzilma, telekommunikatsiya va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, xalqaro maydonlarda o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.





