O‘zbekiston va Finlyandiya raqamlashtirish hamda telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi
2026-05-29 10:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida raqamlashtirish, telekommunikatsiya va kiberxavfsizlik yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, kiberxavfsizlik sohasida malakali kadrlar tayyorlash hamda raqamli davlat xizmatlarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar raqamli transformatsiya jarayonlarida ilg‘or tajriba almashish, innovatsion yechimlarni joriy etish va ikki mamlakat o‘rtasidagi texnologik hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashdilar.
Hamkorlikning huquqiy asoslarini shakllantirish maqsadida telekommunikatsiya, kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tegishli memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar mazkur hamkorlik O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida raqamli iqtisodiyot, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.


