O‘zbekiston va Finlyandiya raqamli transport hamda logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
2026-06-01 18:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Dastlab uchrashuv davomida transport boshqaruvi, raqamli mobilitet, logistika va transport ma’lumotlari ekotizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar Finlyandiyaning avtomobil, temir yo‘l, havo va dengiz transportini yagona raqamli infratuzilma asosida boshqarish tajribasi yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, transport ma’lumotlarini real vaqt rejimida qayta ishlash va monitoring qilish, intellektual logistika yechimlari, sun’iy intellekt texnologiyalarini transport sohasiga joriy etish hamda Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasida raqamli logistika yo‘laklarini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar davomida ochiq API xizmatlari, transport ma’lumotlari platformalari va GovTech yechimlari bo‘yicha hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar raqamli transport infratuzilmasi, smart mobility va logistika yo‘nalishlarida tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga qiziqish bildirdilar.


