Toshkentda Global Business Services Forum 2026 xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi
2026-06-03 09:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Forum global biznes xizmatlari, raqamli autsorsing va eksportga yo‘naltirilgan AT xizmatlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlanadi. Unda xalqaro va mahalliy AT kompaniyalari, biznes xizmatlari markazlari hamda soha ekspertlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbir davomida sun’iy intellektning global xizmatlar bozoriga ta’siri, operatsion jarayonlarni yangi texnologik markazlarga ko‘chirish tendensiyalari hamda O‘zbekistonning raqamli xizmatlar eksportidagi o‘rni muhokama qilinadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston raqamli xizmatlar va autsorsing yo‘nalishida jadal rivojlanib, xalqaro kompaniyalar uchun mintaqaviy markazlardan biriga aylanib bormoqda. Bunda yosh va ko‘p tilli mutaxassislar salohiyati hamda raqamli biznes uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Forum dasturidan strategik sessiyalar bilan bir qatorda amaliy uchrashuvlar, biznes jarayonlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha seminarlar, infratuzilma va huquqiy masalalarga bag‘ishlangan muhokamalar, davlat va biznes vakillari bilan uchrashuvlar ham o‘rin olgan.
Tadbir IT Park Uzbekistan majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Forumda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish:https://luma.com/qw5d41g3
