Amazon Leo interneti O‘zbekistonda ishga tushadi
2026-06-17 10:40:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekistonning sanoat va investitsiya salohiyatini namoyon etuvchi mazkur forum nafaqat mamlakatimiz investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, balki raqamlashtirish va telekommunikatsiya sohalarida yangi imkoniyatlarni yaratmoqda.
Forum doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Amazon Leo kompaniyasi hamda “UZ-SAT” QK MCHJ o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududida yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh internet xizmatlarini tarqatish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Amazon Leo sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmog‘i yuqori tezlikdagi internetga ulanish xizmatlarini taqdim etadi. Ushbu xizmatlardan foydalanuvchilar nafaqat shahar hududlarida, balki telekommunikatsiya infratuzilmasi cheklangan yoki mavjud bo‘lmagan olis va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlari hamda hududlarda ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ma’lumot uchun: Amazon Leo tizimi yuqori tezlikdagi optik aloqalar orqali o‘zaro bog‘langan va yer ustidagi xavfsiz global shlyuz stansiyalari, tolali-optik tarmoqlar hamda internet ulanish nuqtalari bilan integratsiya qilingan 3 000 dan ortiq sun’iy yo‘ldoshlar guruhi asosida faoliyat yuritadi.
Mijozlar tarmoqqa Amazon Leo Nano, Amazon Leo Pro va Amazon Leo Ultra kabi yuqori samaradorlikka ega ixcham antennalar orqali ulanib, dunyoning deyarli istalgan nuqtasida yuqori tezlikdagi keng polosali internet xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
