audio

    AKTni joriy etishga mas’ul davlat xizmatchilari har 3 yilda majburiy malaka oshiradi hamda test orqali bilimlari baholanadi

    Vazirlar Mahkamasining “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlangan edi.

    Shu maqsadda Raqamli texnologiyalar vazirligida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi ma’sullari bilan qarorning amaliyotga joriy etish bo‘yicha muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu qarorga ko‘ra, malakani baholash attestat.egov.uz axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

    Shuningdek, endilikda 2023-yil 1-avgustdan boshlab, 2500 nafardan ziyod Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarida AKTni joriy etish uchun mas’ul xodimlarning uch yilda bir marotaba majburiy malakasini oshirish tartibi joriy etiladi.

    1 soat ichida berilgan test savollaridan o‘tib, 55 balldan yuqori  ko‘rsatgichga ega xodimlarga QR-kod qo‘yilgan reyting baholash guvohnomasi rasmiylashtiriladi.

    Yaratilgan imkoniyatlar:

    — reyting baholash natijasini real vaqt rejimida olish;

    — talabgorlarning faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha bilimini baholashning shaffof mexanizmi;

    — xodim reyting baholashdan muvaffaqiyatsiz o‘tganida, qaysi yo‘nalishda malakasini oshirish zarurati bo‘yicha avtomatik ravishda tavsiya shakllantiriladi.

     


    • view_icon 497
    : 2023-06-01 14:30:59