Yevropa Ittifoqi raqamli transformatsiya bo‘yicha hamkorlik kengaytirilmoqda
2026-06-18 17:15:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida raqamli transformatsiya, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda chekka hududlarda zamonaviy aloqa xizmatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Yevropa Ittifoqining Global Gateway tashabbusi doirasida Markaziy Osiyoning chekka hududlarida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan mintaqaviy loyihaning amalga oshirilish jarayonini ko‘rib chiqdilar.
Muloqot davomida loyihaning iqtisodiy samaradorligini ta’minlash, amaliy mexanizmlarini takomillashtirish, moliyaviy va texnik masalalarni muvofiqlashtirish hamda jarayonlarni jadallashtirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston raqamli infratuzilma, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, telekommunikatsiyalar va mintaqaviy raqamli integratsiya masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.


