Jizzax Milliy AI Hackathon bo‘lib o‘tdi
2026-07-03 20:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Jizzax shahrida yosh dasturchilar, startapchilar va sun’iy intellekt sohasi mutaxassislari uchun O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi eng yirik loyihalaridan biri – Milliy AI Hackathon tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Loyiha butun mamlakat bo‘ylab iqtidorli yosh mutaxassislarga o‘zlarini ko‘rsatish va o‘zlarining IT yechimlarini amalga oshirishda yordam olish imkoniyatini beradi.
Tanlovda viloyatning barcha hududlaridan 200 nafardan ortiq ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tib, jamaolarga bo‘lingan holda sog‘liqni saqlash, ta’lim va tadbirkorlik uchun yechimlar ishlab chiqish ustida ish olib bordi hamda o‘z loyihalarini ekspertlar hay’atiga taqdim etdi.
Tanlov yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
Sog‘liqni saqlash yo‘nalishida:
1-o‘rin: Cardiomate jamoasi
2-o‘rin Avicenna jamoasi
3- o‘rin Alfa jamoasi.
Ta’lim yo‘nalishida:
1-o‘rin: Beatles Liverpool jamoasi
2-o‘rin Studyspark jamoasi
3- o‘rin TTPREP jamoasi.
Tadbirkorlik yo‘nalishida:
1-o‘rin: Yosh Tadbirkorlar jamoasi
2-o‘rin Aletis jamoasi
3- o‘rin Recore jamoasi.
Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan jamaolar ham esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.








