O‘zbekiston venchur investitsiyalar o‘sishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi
2026-07-16 16:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda venchur investitsiyalar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 539,7 foizga oshgan. Ushbu natija bilan mamlakatimiz Keniya, Avstriya, Xitoy va AQSh kabi davlatlarni ortda qoldirib, global reytingda yetakchilikni qo‘lga kiritdi.
Mazkur natija O‘zbekistonda innovatsion ekotizimni rivojlantirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda texnologik tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay muhitning amaliy samarasini yaqqol namoyon etadi. Shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda innovatsiyalar va texnologik tadbirkorlik bo‘yicha yetakchisiga aylanib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Ma’lumot uchun: Dealroom.co — startaplar, venchur investitsiyalar va texnologik ekotizimlar bo‘yicha dunyoning yetakchi analitik platformalaridan biri bo‘lib, uning ma’lumotlaridan investorlar, hukumatlar va xalqaro moliyaviy institutlar keng foydalanadi.
