Vazir WAICO’ni ta’sis etish bo‘yicha norasmiy tayyorgarlik sessiyasida ma’ruza bilan ishtirok etdi
2026-07-18 11:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro hamkorlikni institutsional asosda rivojlantirish, mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash, texnologiyalarni xavfsiz, mas’uliyatli va barqaror rivojlantirish, shuningdek, WAICO’ning kelgusi faoliyatiga doir ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Sessiya davomida sun’iy intellekt texnologiyalarini xavfsiz, ishonchli va mas’uliyatli rivojlantirish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatlar o‘rtasida tajriba va ilg‘or amaliyotlarni almashish, sohadagi umumiy yondashuvlarni shakllantirish hamda xalqaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, WAICO’ning kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari, a’zo davlatlar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va sun’iy intellektdan barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish yo‘lida samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir ishtirokchilari sun’iy intellekt sohasida ochiq muloqotni kengaytirish, ilmiy va texnologik salohiyatni birlashtirish, innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda mazkur yo‘nalishdagi xalqaro sheriklikni yanada chuqurlashtirish global raqamli taraqqiyotning muhim omillaridan biri ekanini qayd etdilar.




