AQSHning Exadel kompaniyasi bosh direktori IT eksport uchun O‘zbekiston yangi joziba kasb etib borayotganini qayd etdi
2023-07-06 16:55:00 / Vazirlik yangiliklari
Raqamli texnologiyalar vaziri Amerika Qo‘shma Shtatlarining Exadel kompaniyasi bosh direktori Ulrich Otto bilan uchrashdi.

Uchrashuvda dastlab mehmonlar IT Park faoliyati va Raqamli texnologiyalar vazirligining vazifalari bilan tanishtirildi. Shuningdek, shu kunlarda bo‘lib o‘tadigan Digital Lidership forumi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Kompaniya bosh direktori IT eksport hajmi o‘sishda davom etayotgani va bu soha uchun O‘zbekiston yangi joziba kasb etib borayotganini qayd etdi.
Shuningdek, kompaniya uchun hududlarda bepul ofis xonalari va texnologik jihozlar ajratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, Exadel kompaniyasining O‘zbekistonda mintaqaviy ofisini tashkil etish taklifi berildi.




