20-avgust — Tadbirkorlar kuni muborak bo‘lsin!
2026-08-20 08:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Sizlarni 20-avgust — Tadbirkorlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bugun tadbirkorlik nafaqat yangi korxonalar va ish o‘rinlarini yaratish, balki yangi texnologiyalarni joriy etish, innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish va O‘zbekistonning xalqaro bozorlardagi imkoniyatlarini kengaytirishning muhim omiliga aylanmoqda.
Ayniqsa, raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bugungi davrda tadbirkorlarning tashabbusi va yangilikka intilishi yangi biznes modellarini shakllantirish, elektron xizmatlar va raqamli mahsulotlarni rivojlantirish, startaplar hamda texnologik loyihalarni hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ilgari surilgan tashabbus va ustuvor vazifalar ham biznes uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Sizlarning tashabbuskorligingiz, mehnatsevarligingiz va yangilik yaratishga bo‘lgan intilishingiz mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar ochilishiga xizmat qilmoqda.
Shu munosabat bilan barcha tadbirkorlarni ushbu qutlug‘ sana bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Faoliyatingizda yangi loyihalar, katta marralar va xalqaro bozorlarda yanada yuksak natijalar tilaymiz. Ishlaringizga rivoj, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik yor bo‘lsin!
