O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida Data markaz loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi
2026-08-27 17:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda Ma’lumotlar markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirishning dastlabki jarayonlari, loyiha bo‘yicha tayyorgarlik ishlarining joriy holati hamda uni keyingi bosqichlarga olib chiqish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida Ma’lumotlar markazi loyihasini amalga oshirishning joriy holati, uni belgilangan muddatlarda va samarali amalga oshirish uchun ko‘rilishi lozim bo‘lgan ustuvor choralar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, loyiha doirasidagi keyingi amaliy qadamlarni belgilash, zarur masalalarni o‘zaro muvofiqlashtirish va hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha vazifalar ko‘rib chiqildi.
Tomonlar O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, istiqbolda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan ham fikr almashdilar.
Koreya Eksport-import banki vakillari O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi. Loyiha bo‘yicha tomonlarning tegishli vakillari o‘rtasida hamkorlikni davom ettirish va zarur masalalarni muvofiqlashtirib borish muhimligi qayd etildi.






