ICT WEEK: xalqaro ekspertlar sun’iy intellekt etikasi va mas’uliyatli boshqaruv masalalarini muhokama qildi
2026-09-23 18:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Forumda Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos kirish so‘zi bilan ishtirok etdi. U sun’iy intellektni keng joriy etishda aniq qoidalar, jamoatchilik ishonchi va texnologiyalardan mas’uliyatli foydalanish muhimligini ta’kidladi.
“Mas’uliyatli sun’iy intellekt kelajagini shakllantirish” mavzusidagi panel sessiyasida Fransiya, Buyuk Britaniya, Ozarbayjon va Qozog‘istondan sun’iy intellekt etikasi, texnologiyalarni boshqarish va raqamli siyosat bo‘yicha xalqaro ekspertlar, shuningdek, Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdo‘stlik vakili ishtirok etdi.
Muhokamalarda sun’iy intellekt etikasi tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish, davlat xizmatlarida texnologiyalardan mas’uliyatli foydalanish, global raqobat ustunliklari va xalqaro tartibga solish yondashuvlari muhokama qilindi. Shuningdek, tillar va madaniy xilma-xillikni asrash hamda raqamli suverenitetni saqlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.






