IAC-2026: O‘zbekistonning kosmik sohadagi ustuvor yo‘nalishlari xalqaro maydonda taqdim etildi
2026-10-05 19:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, mamlakatning kosmik sohani rivojlantirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlari, mavjud imkoniyatlar hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yondashuvlari haqida so‘z yuritdi.
Davra suhbatida kosmik texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida tajriba va bilim almashinuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kosmik sohada xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali milliy kosmik salohiyatni yanada oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir O‘zbekistonning kosmik sohadagi salohiyati va pozitsiyasini xalqaro maydonda keng namoyish etish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash hamda mamlakatning kosmik texnologiyalarni rivojlantirish borasidagi tashabbuslarini ilgari surish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.
Shuningdek, O‘zbekistonning 2028-yilda Samarqand shahrida Xalqaro astronavtika kongressini (IAC-2028) o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonlari doirasida mamlakatning tashkiliy va texnologik imkoniyatlarini xalqaro hamjamiyatga namoyish etish uchun muhim platforma bo‘ldi.



