audio

    Vazir Alibaba.com kompaniyasi delegatsiyasi vakillarini qabul qildi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Alibaba.com kompaniyasi strategik rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Kris Jou boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni eksport hajmini oshirish, xususan, dunyodagi yirik elektron savdo platformasi imkoniyatlaridan foydalanish, Alibaba.com kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi. 

    Shuningdek, mavjud elektron xizmatlar orqali iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesdagi tadbirkorlarning elektron tijoratdagi ko‘nikmalarini oshirishga e’tibor qaratildi.

    Shu bilan birga, O‘zbekistonning eksportbop hududlarida Alibaba.com servis markazlarini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati hamda tadbirkorlar o‘rtasida eksportni rivojlantirish, Alibaba.com saytida onlayn do‘konlar ochishga ko‘maklashish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. 

    Ma’lumot uchun: Alibaba.com kompaniyasi 1999-yilda Xitoyda tashkil etilgan bo‘lib, hozirga kelib dunyoning 190 mamlakatidan xaridorlar va sotuvchilarni jalb qiladigan eng yirik xalqaro B2B savdo platformalaridan biri hisoblanadi.

     


    • view_icon 765
    : 2023-08-08 16:36:35