O‘zbekiston ayollari xalqaro texnologiyalar sahnasida: “Women in Tech CCA Awards 2026” g‘oliblari taqdirlandi
2026-10-16 15:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Toʻrtinchi marta oʻtkazilgan tanlovda 9 ta nominatsiya boʻyicha 46 nafar finalchi gʻoliblik uchun bellashdi. Ular orasida Oʻzbekistondan 15 nafar nomzod ishtirok etdi: bu koʻrsatkich 2024-yilda 9 nafarni, 2025-yilda esa 3 nafarni tashkil etgan.
Mukofot to‘qqizta yo‘nalish — “Aspiring Teen”, “Most Disruptive”, “Best Ally”, “Most Impactful Initiative”, “Woman in Web3”, “Tech Diplomacy”, “Start-Up”, “Global Leadership” va “Lifetime Achievement” nominatsiyalari bo‘yicha topshirildi.
G‘oliblar ro‘yxati:
Aspiring Teen Award — Dilafruzxon Jo'raboyeva
Best Ally Award — Anora Amirova
Start-Up Award — Maftuna Karimova (Femmy startapi)
Global Leadership Award — Ummatoy Yo'ldosheva
Mintaqaviy bosqich g‘oliblari 2026-yil 3-dekabr kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan “Women in Tech Global Awards” xalqaro mukofotining global bosqichida Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasi sharafini himoya qiladi.
Ta’kidlash joizki, “Women in Tech CCA Awards” marosimi 2024-yilda ham Toshkent shahrida o‘tkazilgan. Mazkur tadbirning O‘zbekistonda tashkil etilishi mamlakatimizda xotin-qizlarning texnologiyalar sohasidagi ishtirokini kengaytirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarning muhim e’tirofidir.
