Özbekistonda umumiy mukofot jamğarmasi 5 million dollarlik xalqaro startaplar tanlovi yölga qöyiladi
2026-11-02 23:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Startaplar makoni” (Land of Startups) xalqaro tanlovini taşkil etişga doir çora-tadbirlari töğrisida” 2026-yil 28-oktabrdagi 593-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan “Startaplar makoni” (Land of Startups) xalqaro tanlovi joriy etildi. Tanlovning umumiy mukofot jamğarmasi 5 million AQŞ dollarini taşkil etadi.
Qaror Prezidentning 2026-yil 11-fevraldagi PQ–59-son “Startaplarni qöllab-quvvatlaşning kompleks ekotizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini ta’minlaş, milliy startap ekotizimini yanada yaxşilaş uçun ilğor xalqaro tajribani olib kiriş hamda xalqaro maydonda mamlakatimizning startaplar makoni sifatida salohiyatini yanada oşiriş maqsadida qabul qilindi.
Hujjatdan közlangan asosiy maqsad – xorijiy startap loyihalar va ularning ta’sischilarini Özbekistonga keng jalb etiş, texnologiyalar transferini faollaştiriş hamda respublikani mintaqaning “startaplar xabi”ga aylantirişdir.
Tanlov 2027-yil aprel oyidan boşlab har yili quyidagi beşta yönaliş böyiça ötkaziladi:
– Sun’iy intellekt texnologiyalari.
– Ijtimoiy yönalişda raqamli texnologiyalar (ta’lim, soğliqni saqlaş, davlat xizmatlari).
– Moliyaviy texnologiyalar.
– Kreativ industriya hamda kompyuter va mobil öyin dasturlari.
– B2B va industriya yönalişida yeçimlar.
Tanlovda çet elda röyxatdan ötgan yoki faoliyat olib borayotgan, uç nafardan ortiq a’zodan iborat startap jamoalar iştirok etişi mumkin. Arizalar Startap ekotizimining yagona elektron platformasi — startupbase.uz’dagi maxsus portal orqali qabul qilinadi. Iştirok etiş bepul, materiallarni ingliz tilida taqdim etiş mumkin. Har bir ariza beruvçi faqat bitta yönaliş böyiça qatnaşadi.
Tanlov har yili beş bosqiçda ötkaziladi:
– 1-aprelgaça
— tanlov e’lon qilinadi va tarğibot işlari olib boriladi.
– 30-iyungaça — arizalar maxsus portal orqali onlayn qabul qilinadi.
– 1–20-iyul — arizalar xorijiy ekspertlar iştirokida onlayn baholanadi, har bir yönalişdan kamida 25 tadan jamoa saralab olinadi.
Natijalar 25-iyulgaça ma’lum qilinadi. Saralaşdan ötgan jamoalar dastur boşlangunga qadar Özbekistonda yuridik şaxs sifatida röyxatdan ötadi.
– 20-avgust – 1-noyabr — xorijiy startaplarning Özbekiston bozoriga kirişini qöllab-quvvatlovçi “Softlanding” dasturi onlayn va oflayn şaklda ötkaziladi. Jamoalar har hafta baholanadi, 15 noyabrgaça har bir yönaliş böyiça eng yaxşi 5 tadan, jami 25 ta jamoa aniqlanadi.
– 15-dekabrgaça — xorijiy investorlar, vençur jamğarmalar va korxonalar iştirokida “Taqdimotlar kuni” (Demo Day) hamda ğoliblarni tantanali taqdirlaş marosimi bölib ötadi.
Ğolib deb topilgan 25 ta jamoaning har biriga IT Park direksiyasi huzuridagi vençur jamğarma tomonidan “çuqur örganiş” (due diligence) jarayonidan söng 200 ming AQŞ dollarigaça investitsiya ajratiladi.
Qaror bilan IT Park faoliyatini tartibga soluvçi nizomga ham özgartişlar kiritildi.
Xususan:
– IT Park rezidentlariga avtomatlaştiriş yönalişida işlab çiqqan hisobga oliş ölçov vositalarini soliq organlarining axborot tizimlariga majburiy integratsiya qiliş talabini bekor qiliş;
– IT Park direksiyasiga soliq, statistik hisobotlarni va axborot texnologiyalari böyiça ötkazilgan öquv kurslari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etiş majburiyati bekor qiliş;
– IT Park rezidentlari faoliyat turlari röyxatiga “IoT” va sun’iy intellekt qurilmalari, mikro- va nanoelektronika, intellektual robotlar işlab çiqariş va realizatsiya qiliş, şuningdek, “Biznes fariştalar klublari” faoliyati kiritildi.
