Toşkentda AKT sohasida ayollar yetakçiligi va inklyuziv raqamli transformatsiya masalalari muhokama qilindi
2026-11-09 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Muloqotdan maqsad Yevropa Ittifoqi va Özbekistonning inklyuziv raqamli boşqaruv sohasidagi tajribasi bilan almaşiş hamda davlat sektoridagi AKT sohasida ayollar yetakçiligini kuçaytiriş böyiça amaliy tavsiyalar işlab çiqiş böldi. Tadbirning asosiy ğoyasi ayollarning iş örinlarida iştirok etişidan qaror qabul qiliş böyiça haqiqiy vakolatlarga ötiş masalasiga qaratildi.
Muloqotda Latviyaning Özbekistondagi elçisi örinbosari Edgars Kaktiņš, davlat organlari, ilm-fan, fuqarolik jamiyati va xalqaro taşkilotlar vakillari, jumladan, AKT sohasida faol işlayotgan 20 dan ortiq xotin-qizlar iştirok etdi.
Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatçisi K.Sobirova oçib berdi. Söngra Latviyaning Özbekistondagi elçisi örinbosari Edgars Kaktiņš kiriş nutqi bilan sözga çiqdi.
«Inklyuziv raqamli boşqaruv va AKTda ayollar yetakçiligi: mahalliy ovozlar» mavzusidagi erkin suhbat (fireside chat) davomida «Raqamli Özbekiston – 2030» strategiyasida ayollar yetakçiligining örni va unga qanday qöşimçalar kiritiş maqsadga muvofiqligi muhokama qilindi. Şuningdek, AKT sohasida öqiyotgan va işlayotgan ayollar soni ortib borayotgan şaroitda ularning boşlanğiç lavozimlardan rahbarlik lavozimlariga kötarilişi uçun Vazirlik tomonidan körilişi mumkin bölgan çoralar körib çiqildi.
Tadbirning amaliy qismi «Inklyuziv raqamli transformatsiya siyosati: gender nuqtai nazari, Yevropa Ittifoqi va Özbekiston» mavzusida World Café formatida ötdi. Iştirokçilar muammolarni aniqlaşdan yeçimlarga qarab boradigan beşta mavzu böyiça fikr almaşdi:
- ayollar karyerasida sekinlaşuv va töxtab qoliş sabablari;
- lavozim bilan haqiqiy vakolatlar örtasidagi tafovut;
- oila, mahalla va erkak rahbarlarning qöllab-quvvatlovçi roli;
- mavjud qonun va dasturlarning amaldagi samarasi;
- onlayn bezorilikdan himoya va xavfsizlik masalalari.
Muhokama yakunida iştirokçilar Raqamli texnologiyalar vazirligi uçun 2030-yilgaça möljallangan uçta tavsiya, ularning mas’ullari va muvaffaqiyat mezonlarini belgilaşga harakat qildi. Muhokama natijalari asosida şakllantirilgan tavsiyalar Vazirlikka taqdim etiş uçun tayyorlandi.
Tadbir yakuniy sözlar, networking va iştirokçilarga qatnaşuv sertifikatlarini topşiriş bilan nihoyasiga yetdi.
Ma’lumot uçun: WLICT («Women Leadership in the Public ICT Sector») – Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalaştirilayotgan, umumiy qiymati 15,1 mln yevro bölgan taşabbus. U Expertise France boşçiligidagi konsorsium tomonidan amalga oşirilmoqda, Latviyaning Markaziy moliya va şartnomalar agentligi uşbu konsorsium a’zosi hisoblanadi. Taşabbus Özbekiston ham kiritilgan 16 ta ustuvor hamkor davlatda gender jihatlarini hisobga olgan raqamli siyosatni şakllantiriş, qizlar va yoş ayollarning STEM ta’limidan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda texnologiyalar vositasidagi gender asosidagi zöravonlikka qarşi kuraşişga qaratilgan.






