Vazir MDH davlatlarini raqamlaştiriş sohasidagi hamkorlikni yanada kuçaytirişga çaqirdi
2026-11-10 14:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Yiğilişga ASMH raisi, Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov raislik qildi. Unda XEAI Boş kotibining örinbosari Tomas Lamanauskas, şuningdek, ASMHga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari va vakolatli vakillari iştirok etdi.
Yiğiliş davomida vazir Şerzod Şermatov Özbekistonda raqamli transformatsiya, zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş, aholi uçun raqamli xizmatlar imkoniyatlarini kengaytiriş hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarga töxtaldi.
Şuningdek, vazir MDH davlatlari örtasida raqamli sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş muhimligini ta’kidladi. Mamlakatlar bir-birini raqobatchi sifatida emas, balki umumiy maqsadlar yölida hamkor va strategik şerik sifatida körişi, özaro tajriba almaşişi va bir-birini qöllab-quvvatlaşi zarurligini qayd etdi.
Bunday yondaşuv har bir davlatning raqamli salohiyatini oşiriş bilan birga, MDH mamlakatlarining xalqaro raqamli maydondagi nufuzini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi ta’kidlandi.
Yiğilişning asosiy kun tartibidan XEAIning 2026 yilgi Vakolatli konferensiyasida RSSga a’zo davlatlar delegatsiyalari faoliyatini muvofiqlaştiriş, mintaqaviy nomzodlarni qöllab-quvvatlaş hamda konferensiya doirasida ilgari suriladigan umumiy takliflar yuzasidan kelişuvga erişiş masalalari örin oldi.
Şu bilan birga, yiğilişda XEAIning kelgusi tört yillik faoliyatining ustuvor yönalişlari, jumladan, raqamli tafovutni qisqartiriş, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş, sun’iy intellekt sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytiriş hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanişda işonç va xavfsizlikni mustahkamlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Mazkur yönalişlarda ASMHga a’zo davlatlarning umumiy yondaşuvini ilgari suriş zarurligi qayd etildi.


