Raqamli ta’limdan texnologik tadbirkorlikkaça: Andijonlik qizlar uçun yangi imkoniyatlar
2026-11-12 18:15:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vazirligi taşabbusi bilan Andijon davlat texnika universiteti hamda Andijon davlat universiteti hamkorligida ötkazilgan tadbir 200 nafardan ortiq iştirokçini birlaştirdi. Ular orasida texnik yönalişlarda tahsil olayotgan, öz startap loyihalarini amalga oşirayotgan talaba-qizlar ham qatnaşdi.
Uçraşuvda talabalarning loyihalarini amalga oşirişda duç kelayotgan qiyinçiliklari va kasbiy rivojlanişga oid savollariga alohida e’tibor qaratildi. İştirokçilar ekspertlardan özlariga tuşunarli bölmagan masalalar böyiça javoblar, bilimlarini töldiriş va keyingi qadamlarini belgilaş uçun amaliy tavsiyalar oldilar.
Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park, Raqamli ta’lim markazi, UZINFOCOM va “Özbekkosmos” agentligi vakillari raqamli ta’lim, kiberxavfsizlik, kosmik texnologiyalar hamda kasbiy rivojlaniş imkoniyatlarini taqdim etdilar. Startap ğoyalarini rivojlantiriş va texnologik taşabbuslarni ilgari suriş yöllari muhokama qilindi.
Faol iştirokçilarga 20 mingdan ortiq xalqaro kursda ta’lim oliş imkonini beruvçi sertifikatlar topşirildi.
Maqsad - hududlardagi qizlarning bilim va taşabbuslarini aniq natijaga: kasbga, daromadga va istiqbolli loyihalarga aylantirişga kömaklaşiş.
Sizda ham texnologik ğoya yoki rivojlantirmoqçi bölgan loyiha bormi? “GAP” xotin-qizlar AT klubi dasturlari va uçraşuvlarida iştirok eting - bilimlaringizni mustahkamlang, mutaxassislardan yöl-yöriq oling va ğoyangizni amalga oşiriş sari qadam taşlang!






