Sun’iy intellektdan kosmik texnologiyalargaça: Andijonda talabalar uçun yangi istiqbollar
2026-11-13 09:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Forumda “GAP” xotin-qizlar AT klubi, IT Park, “Özbekkosmos” agentligi hamda kiberxavfsizlik yönalişi mutaxassislari iştirok etib, ta’lim va texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlarni taqdim etdilar.
“GAP” xotin-qizlar AT klubi taqdimotida qizlarning raqamli könikmalarini rivojlantiriş, zamonaviy kasblarni egallaş va öz taşabbuslarini amalga oşirişini qöllab-quvvatlovçi dasturlar yoritildi. Kosmik texnologiyalar, raqamli gigiyena, şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş va internetdagi xavfsizlik masalalari ham muhokama qilindi.
Talabalar özlarini qiziqtirgan va tuşunişda qiynalgan masalalar böyiça ekspertlardan bevosita javoblar, ta’lim va kasbiy rivojlaniş yuzasidan amaliy tavsiyalar oldilar.
Faol iştirokçilarga xalqaro kursda ta’lim oliş imkonini beruvçi sertifikatlar topşirildi. Bu ularga forumda olgan tavsiyalarini amaliy qadamlar bilan davom ettiriş, yangi bilim va könikmalarni egallaş imkonini beradi.
Maqsad – yoşlarning texnologiyalarga qiziqişini bilimga, bilimini esa kasbiy imkoniyat va amaliy loyihalarga aylantirişga kömaklaşiş.
Kelajak texnologiyalarini yaratişda Siz ham iştirok eting! Qiziqqan yönalişingizni tanlang, xalqaro kurslarda bilim oling va ğoyangizni amalga oşirişni boshlang. “GAP” xotin-qizlar AT klubi sahifalarini kuzatib, ta’lim dasturlari va uçraşuvlarda faol qatnaşing!






