Sun’iy intellekt — davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş vositasi sifatida
2026-11-16 17:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasida vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning rahbar xodimlari uçun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanişga bağişlangan qisqa muddatli malaka oşiriş kursining navbatdagi bosqiçi boşlandi.
Mazkur kurs Prezident Administratsiyasi tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar hamda «Raqamli Özbekiston – 2030» strategiyasi doirasida taşkil etilgan bölib, davlat boşqaruvida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalaniş könikmalarini şakllantirişga qaratilgan.Tadbirni Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasi rektori J. Salixov hamda Raqamli texnologiyalar vaziri Ş. Şermatov oçib berdi.
Maşğulotlarda respublika darajasidagi 89 ta davlat organi va taşkilotidan 445 nafar, mahalliy boşqaruv organlaridan esa 545 nafar rahbar xodim — jami 990 nafar tinglovçi bosqiçma-bosqiç iştirok etadi. Ular orasida vazirlik va idoralar rahbarlari, hokimliklar vakillari, tuman va şahar hokimlarining örinbosarlari hamda hududiy boşqarmalar xodimlari bor.Kurs dasturida nazariy ma’lumotlardan köra amaliy maşğulotlarga ustuvorlik beriladi.
Tinglovçilar sun’iy intellekt yordamida katta hajmdagi ma’lumotlarni tezkor tahlil qiliş, hujjatlar bilan işlaş, hisobot va monitoring jarayonlarini avtomatlaştiriş, fuqarolar murojaatlarini tizimlaştiriş hamda boşqaruv qarorlarini tayyorlaşda zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş böyiça amaliy könikmalarni egallaydi.
Şuningdek, sun’iy intellektdan foydalanişda axborot xavfsizligi, şaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qiliş, deepfake texnologiyalari bilan boğliq xatarlarni aniqlaş va inson omilining qaror qabul qilişdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi.
Kurs yakunida har bir tinglovçi öz taşkilotida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş böyiça aniq amaliy rejaga ega bölişi közda tutilgan.
Ma’lumot uçun:
Akademiyada yil boşidan buyon sun’iy intellekt yönalişida 726 nafar rahbarning malakasi oşirildi.
Mazkur kurslar yakuniga köra, 2026-yilda uşbu yönalişda malaka oşirgan rahbarlar soni 1 716 nafarga yetkaziladi.Bu esa davlat boşqaruvining barça böğinlarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalaniş, boşqaruv jarayonlarini takomillaştiriş va qarorlar qabul qiliş sifatini oşirişga xizmat qiladi.






