Raqamli taraqqiyotda xotin-qizlar iştiroki: kasbiy imkoniyatlar va taşabbuslar yuzasidan oçiq muloqot ötkazildi
2026-11-23 20:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vazirligida Oila va xotin-qizlar qömitasi taşabbusi tegişli vazirlik va idoralar hamda masʼul taşkilotlar vakillari, soha mutaxassislari iştirokida bilan axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining 2026-yil 20-avgustdagi topşiriğiga muvofiq taşkil etilayotgan oçiq muloqotlarning navbatdagisi xotin-qizlarning raqamli sohadagi faoliyatini qöllab-quvvatlaş, kasbiy rivojlanişiga tösqinlik qilayotgan masalalarni örganiş hamda taklif va taşabbuslarini masʼul idoralar bilan birgalikda körib çiqişga bağişlandi.
Axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt mehnat bozori, taʼlim hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda. Xotin-qizlarning uşbu jarayonlarda faol iştirok etişi ularning zamonaviy kasblarni egallaşi, intellektual salohiyatini röyobga çiqarişi va daromad manbalarini kengaytirişi uçun muhim ahamiyatga ega. Buning uçun bilim olişdan amaliy faoliyatga ötiş, tajriba orttiriş va öz taşabbusini rivojlantiriş jarayonida uçraydigan muammolarni soha vakillarining özidan eşitiş zarur. Oçiq muloqot aynan şu maqsadga xizmat qildi.
Qayd etiş kerak, 2026-yil ötgan töqqiz oylik yakunlariga köra, 218,7 ming nafar xotin-qiz axborot texnologiyalari sohasida öqitildi. “Beş million sunʼiy intellekt yetakçilari” loyihasi doirasida esa 1 million 116 ming nafardan ortiq xotin-qiz IT taʼlimiga jalb etildi. Uşbu körsatkiçlar xotin-qizlarning raqamli bilim va könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan işlar qamrovini ifodalaydi.
Bugun mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasida band xotin-qizlar soni 38 ming nafarni taşkil etmoqda. Oliy taʼlim muassasalarining IT yönalişlarida tahsil olayotgan xotin-qizlar soni 40 ming nafardan oşdi. Şuningdek, 500 dan ortiq IT öquv markazida 35 ming nafar xotin-qiz taʼlim olib, ularning 21 ming nafari iş bilan taʼminlangan. “GAP” ayollar AT klubi taşabbuslari bilan 6 mingdan ziyod xotin-qiz qamrab olinib, ularning kasbiy rivojlanişi va hamkorlik aloqalarini kengaytirişiga kömaklaşilgan.
Uçraşuvda axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt yönalişida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning kasbiy rivojlaniş imkoniyatlari, kundalik faoliyatida duç kelayotgan qiyinçiliklari hamda mavjud şaroitlarni yaxşilaşga doir fikr-mulohazalari muhokama markazida böldi. Iştirokçilar öz murojaatlari, taklif va taşabbuslarini tegişli taşkilotlar vakillariga bevosita yetkaziş imkoniga ega böldi.
Muloqotda hududlardan qatnaşgan xotin-qizlarning fikrlariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Ularning iştiroki joylardagi ehtiyoj va imkoniyatlarni bevosita örganiş, hududiy şaroit bilan boğliq masalalarni umumiy muhokamaga olib çiqiş imkonini berdi. Bu esa xotin-qizlarni raqamli sohaga kengroq jalb etiş va ularning kasbiy faoliyatini qöllab-quvvatlaşda hududlar ehtiyojini hisobga oliş nuqtayi nazaridan ahamiyatli böldi.
Uçraşuvning muhim jihati murojaat va takliflarning Oila va xotin-qizlar qömitasi bilan bir qatorda, ularni körib çiqiş vakolatiga ega vazirlik, idora va taşkilotlar vakillari iştirokida muhokama qilinganida namoyon böldi. Bunday yondaşuv kötarilgan masalaning mazmunini bevosita aniqlaştiriş, tegişli mutaxassis munosabatini oliş va imkon qadar joyida amaliy yeçim topişga qaratildi. Qöşimça örganiş hamda idoralararo hamkorlikni talab etadigan murojaatlar böyiça esa ularni hal etiş yöllarini birgalikda körib çiqişga eʼtibor berildi.
Oçiq muloqot xotin-qizlarning raqamli sohadagi iştirokini kengaytiriş masalasini ularning amaliy tajribasi, ehtiyoji va taşabbuslari bilan uzviy boğliq holda muhokama qiliş imkonini berdi. Unda asosiy eʼtibor xotin-qizlarning bilim va salohiyatini aniq kasbiy imkoniyatlarga aylantiriş, istiqbolli ğoyalarini qöllab-quvvatlaş hamda bu jarayonda masʼul taşkilotlarning hamkorligini kuçaytirişga qaratildi.









