Qarşi davlat universitetida yoşlarning sunʼiy intellektga asoslangan startap loyihalari taqdim etildi
2026-11-24 14:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi doirasida Qarşi davlat universitetida taşkil etilgan “Sunʼiy intellekt laboratoriyasi” faoliyatini közdan keçirdi.
Taşrif davomida laboratoriyada yoşlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, amalga oşirilayotgan ilmiy-amaliy işlar hamda sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan startap loyihalar taqdimoti bilan tanişildi.
Xususan, yoş startapçilar tomonidan quyidagi loyihalar namoyiş etildi:
Asalariçi — qişloq xöjaligida çanglatiş jarayonlarini sunʼiy intellekt yordamida optimallaştiriş, dehqonlar va asalariçilar örtasidagi hamkorlikni raqamlaştirişga qaratilgan platforma.
ATELIX — foydalanuvçilarga sunʼiy intellekt asosida individual libos dizaynini taklif etiş va ularni professional tikuvçilar bilan boğlaş imkonini beruvçi platforma.
BilimZon — öquvçilarning bilim darajasini tahlil qiliş, ular uçun individual taʼlim tavsiyalarini şakllantiriş, öqituvçi va ota-onalarni yagona tizimda birlaştirişga möljallangan taʼlim platformasi.
Taqdimotlar davomida loyihalarning amaliy ahamiyati, ularni yanada takomillaştiriş, tijoratlaştiriş va bozorga olib çiqiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Şuningdek, universitetda sunʼiy intellekt yönalişidagi ilmiy izlanişlarni qöllab-quvvatlaş, iqtidorli yoşlarning innovatsion ğoyalarini amaliy loyihalarga aylantiriş, startaplar ekotizimini rivojlantiriş va mahalliy IT mahsulotlarining raqobatbardoşligini oşiriş muhimligi taʼkidlandi.





