Oliy Majlis Qonunçilik palatasida Raqamli texnologiyalar vazirining sunʼiy intellektni rivojlantiriş va joriy etiş böyiça axboroti eşitildi
2026-11-24 17:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun, 24-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi.
Majlisda Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatovning “Sunʼiy intellektni rivojlantiriş, ustuvor yönalişlarga keng joriy etiş hamda bu borada belgilangan loyihalarning amalga oşiriliş holati töğrisida”gi axboroti eşitildi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantiriş strategiyasi doirasida uşbu texnologiyalarni davlat boşqaruvi tizimi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaga keng joriy etiş, milliy hisoblaş infratuzilmasini şakllantiriş hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş borasida izçil islohotlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, joriy yil iyul oyida “Elektron hukumat” tizimi data-markazida zamonaviy hisoblaş infratuzilmasi işga tuşirildi. Şuningdek, soğliqni saqlaş sohasida foydalaniş uçun kiçik klaster faoliyati yölga qöyildi.
Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi mablağlari hisobidan esa raqamli hukumat, kadrlar tayyorlaş, soğliqni saqlaş, ijtimoiy soha, jamoat xavfsizligi va huquqiy himoya, qişloq xöjaligi hamda ekologiya kabi yönalişlarni qamrab olgan 100 dan ortiq sunʼiy intellekt loyihalarini amalga oşiriş işlari boşlangan. Qolaversa, 6,5 million hujjat, 6,1 milliard söz va 20 milliard tokenni qamrab olgan “Özbek tili korpusi” milliy maʼlumotlar töplami şakllantirilgan.
Bugungi kunda sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar olamida yangi imkoniyatlarni örganiş uchun aileaders.uz platformasi yaratilgan. Kadrlar salohiyatini oşiriş maqsadida “Beş million sunʼiy intellekt yetakçilari” loyihasi doirasida 1,6 million nafardan ortiq yoşlar öqitilib, tegişli sertifikatlarga ega böldi. Umumtaʼlim maktablari uçun 7 ta, oliy taʼlim muassasalari uçun 3 ta öquv qöllanma işlab çiqilib, 2026-2027-öquv yilidan taʼlim jarayoniga joriy etildi. Oliy taʼlim muassasalarida esa 3 ta sunʼiy intellekt laboratoriyasi oçildi.
Uşbu çora-tadbirlar natijasida “IT Park”da sunʼiy intellekt yönalişidagi rezidentlar soni 240 taga, körsatilgan xizmatlar hajmi 895 mlrd sömga, eksport hajmi esa 75 mln AQŞ dollariga yetdi. “Oxford Insights” taşkilotining Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksida Özbekiston 195 ta davlat orasida 8 poğona yuqorilab, 62-örinni egallagan. 2026-yil 16-iyulda Sunʼiy intellekt sohasida hamkorlik böyiça Jahon taşkiloti (WAICO) taʼsis bitimini imzolagan 29 ta davlat qatoridan joy olgan.
Majlisda deputatlar amalga oşirilgan işlar bilan bir qatorda, sohada yeçimini kutayotgan tizimli masalalarga ham eʼtibor qaratdilar. Xususan, yil yakuniga qadar serverlar sonini 24 taga, grafik kartalar sonini esa 192 taga yetkaziş, 2027-yilda quvvati 7 ekzaflopsdan ortiq bölgan yangi hisoblaş klasterini işga tuşiriş lozimligi qayd etildi.
Şu bilan birga, joriy yil yakuniga qadar oliy taʼlim muassasalaridagi sunʼiy intellekt laboratoriyalari sonini 21 taga yetkaziş, ular faoliyatini iqtisodiyot tarmoqlarining amaliy vazifalari bilan uzviy boğlaş, ilmiy taşkilotlar, startaplar va hududiy maslahatçilarning GPU klaster hamda katta maʼlumotlar bazalaridan imtiyozli foydalanişini töliq yölga qöyiş zarurligi taʼkidlandi.
Majlisda raqamli texnologiyalar vazirining uşbu masala yuzasidan axboroti maʼlumot uçun qabul qilindi.





