audio

    UZINFOCOM O'zbekistonda ilk marta K-root serverini ishga tushirdi

    “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ O‘zbekistonda K-root DNS serverini rasman ishga tushirdi. Mamlakatda ildiz serverini yuklash mahalliy foydalanuvchilar uchun veb-resurslarga kirish jarayonini tezlashtiradi, shuningdek, xorijiy serverlarga tobelikni kamaytiradi.

    Shu yilning mart oyida UZINFOCOM kompaniyasi vakillari RIPE NCC kompaniyasi bilan O‘zbekistonda K-root serverini yuklash bo‘yicha muzokaralar olib borgan edi.

    K-rootning tantanali ravishda ishga tushirilishi CAPIF2 tadbiri doirasida amalga oshirildi. Mazkur ikki kunlik forum Toshkentda bo‘lib o‘tib, unda piring xizmatlar, xalqaro ulanish imkoniyatlari va tarmoq xavfsizligi masalalariga e‘tibor qaratildi. Tadbir tarmoq infratuzilmasini rivojlantirish va mintaqada tajriba almashishni rivojlantirishga urg‘u berildi.

    CAPIF 2 yirik xalqaro forum bo‘lib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Afg‘onistondan tarmoq muhandislari, piringkoordinatorlari, internet provayderlari, bulutli servis admistratorlari va maʼlumotlarni qayta ishlashmarkazlari operatorlari uchun mo‘ljallangan.

    K-root DNS serveri Domain Name System (DNS) infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi 13 ta ildiz DNS serverlaridan biridir. Ildiz DNS serverlarining, shuningdek, K-rootning domen nomlarini IP manzillarga o‘tkazishdir, bu esa Internetdagi qurilmalarni bir-biri bilan muvaffaqiyatli ulanish imkonini beradi.

    K-root server, boshqa ildiz serverlar singari, DNS ierarxiyasining yuqori darajasidagi so‘rovlarga xizmat qiladi va domen nomini aniqlashda yordam beradi. Bundan shuni anglash mumkinki, agar DNS server ma’lum bir domen nomini qanday hal qilishni bilmasa, u ma'lumot olish uchun ildiz serverlaridan biriga so‘rov yuboradi.

    K-root serveri RIPE NCC tashkiloti tomonidan boshqariladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ushbu tashkilot Evropa, O‘rta Sharq va Markaziy Osiyoda IP-manzillar va AS-raqamlarni tarqalishi uchun javobgardir.

    Ildiz serverlari DNSning asosiy faoliyat darajasini ta’minlashda, internetning barqarorligi va ishonchliligida muhim rol o‘ynaydi.

    Ijobiy jihati shundaki, ildiz serveri mahalliy va mintaqaviy kontentning sezilarli rivojlanishiga olib keladi, qidiruv jarayonini sezilarli darajada yaxshilaydi va Internet tajribasini oshiradi. Jahon serverlarida nosozliklar ro‘y berganda, mahalliy ildiz serveri mavjud bo‘lishi onlayn-resurslarga uzluksiz kirishni ta'minlaydi.

    “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ axborot texnologiyalari rivojlanishiga yetakchilik yo‘lini tutmoqda va bu loyiha O‘zbekiston internet infratuzulmasini yaxshilashda muhim bosqichni egallaydi. Ushbu kompaniya O‘zbekistonning barcha fuqarolari va  o‘z mijozlariga zamonaviy texnologiyalar va Internet xizmatlari sifatini oshirishga intiladi.


    • view_icon 755
    : 2023-09-20 08:54:12