audio

    Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan tanishdi

    Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi Nurlanbek Shakiyev rasmiy tashrif doirasida Toshkent shahridagi IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi. Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hamrohligidagi delegatsiya a’zolari yurtimizdagi IT sohasidagi islohotlar bilan yaqindan tanishishdi.

    Mazkur uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vaziri hamda soha vakillari ishtirok etishdi. Vazir tomonidan qilingan taqdimotda mehmonlarga mamlakatda IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

    Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik bugun sermahsul bo‘layotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Tashrif buyurgan mehmonlar bilan muloqot davomida Prezidentimiz tomonidan sohani yanada rivojlantirish uchun belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini amalga oshirish, jumladan, IT eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish va O‘zbekistonni IT hubga aylantirish yo‘lida kelgusidagi rejalar haqida gapirib o‘tildi.

     

     


    • view_icon 431