Poytaxtda “Sun’iy intellekt kelajagi va global integratsiya” mavzusida xalqaro sammit bo‘lib o‘tdi
2023-10-26 17:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Sammitdan ko‘zlangan asosiy maqsad – sun’iy intellekt texnologiyalari va ularni hayotga tadbiq qilish bo‘yicha eng so‘nggi xalqaro tajriba bilan tanishish va fikr almashishdan iborat.
Tadbirda “UZINFOCOM”, “KOIIA”, “Sber”, “VEON AdTech”, “Yandex”, “Amazon”, “Huawei”, “Foxconn”, “Presight AI”, “Markaziy Osiyo sun’iy intellekt uyushmasi”, O’zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi kabi kompaniya va tashkilotlarning sun’iy intellekt yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi rahbarlari va ekspertlari taqdimotlari orqali o‘z bilim va tajribalarini, fikr va mulohazalarini 300 dan ortiq soha mutaxassislari, talaba-yoshlar hamda OAV xodimlari bilan baham ko‘rdilar.
Anjuman doirasida yetakchi xorijiy kompaniyalar va mamlakatlarning raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni amaliyotga joriy etishdagi tajribasi, erishilgan yutuqlar, kuzatilgan muammolar, ushbu yo‘nalishdagi istiqbolli loyihalar va imkoniyatlar muhokama qilindi.






