“IT sohasidagi investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlari” mavzusidagi forumda IT sohasining rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha tajribalar almashildi
2023-10-27 18:40:00 / Vazirlik yangiliklari
“ICT WEEK-2023” doirasida 27-oktabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligining Conference zalida “IT sohasidagi investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlari” mavzusidagi forumi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forumda xalqaro tashkilotlar vakillari va 10 dan ortiq mahalliy IT kompaniyalar ta’sischilari hamda ekspertlar o‘z tajribalari, erishgan yutuqlari va IT sohasining rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha so‘z yuritdilar.
Shuningdek, IT sohasiga investitsiya kiritish va daromad olish imkoniyatlari bo‘yicha taqdimotlar ham bo’lib o’tdi. Bundan tashqari, tadbirda sarmoya kiritish uchun bir qator mahalliy va xalqaro IT loyihalari bo‘yicha takliflar ham taqdim etildi.









