audio

    Xalqaro elektraloqa ittifoqining 2023-yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi o‘z ishini boshladi

    Dubay shahrida (Birlashgan Arab Amirliklari) Xalqaro elektraloqa ittifoqining (XEI) 2023-yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK-23) o‘z ishini boshladi.

    Har uch-to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan Butunjahon radioaloqa konferensiyasi radiochastota spektri va yo‘ldoshli orbitalardan foydalanishni tartibga soluvchi xalqaro shartnoma – XEI Radioaloqa reglamentini qayta ko‘rib chiqish vakolatiga ega.

    BRK-23’da raqamli iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydigan va elektraloqa va AKT sohasiga katta ta’sir ko‘rsatadigan bir qator ilg‘or texnologik innovatsiyalarga qo‘yiladigan talablar ko‘rib chiqiladi.

    193 ta XEIga aʼzo davlatdan 3500 dan ortiq ishtirokchilar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, uskunalar ishlab chiqaruvchilar, tarmoq operatorlari va sanoat forumlari vakili boʻlgan XEI Radioaloqa sektorining 267 aʼzosi BRK-23’da oʻz ishini boshladi.

    Unda radiochastota spektridan foydalanishda respublika manfaatlarini himoya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Aloqa ma’muriyatidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK va “UNICON.UZ” MCHJ mutaxassislari vakil bo‘lib ishtirok etishmoqda.

    Joriy yilning 20-noyabr kuni boʻlib oʻtgan BRK-23’ning birinchi yalpi majlisida turli funksional vazifalarga ega 7 ta qoʻmitadan iborat BRK-23 tuzilmasi belgilangan edi. Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik (AS’HH) tomonidan O‘zbekistondan ko‘rsatilgan delegatlar ham qo‘mitalar rahbariyatiga saylangani ijobiy holat hisoblanadi.

    BRK-23’ga tayyorgarlik ko‘rish uchun respublikada radioaloqa texnologiyalari uchun radiochastota spektrini taqsimlash bo‘yicha kun tartibidagi masalalar bo‘yicha respublika pozitsiyasini shakllantirish bo‘yicha oldingi BRK-19’dan keyin to‘rt yillik rejali ishlar amalga oshirildi.

    BRK-23 ishi 2023-yilning 15-dekabriga qadar davom etadi. Uning natijalari insonlar va davlatlar hayotining ajralmas qismiga aylangan dunyodagi radioaloqa texnologiyalarining hozirgi va kelajakdagi rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.


    • view_icon 420