audio

    Jahon banki vakili bilan Saudiya Arabistoniga IT autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlari muhokama qilindi

    Jahon bankining raqamli infratuzilma va davlat xususiy sheriklik global amaliyoti bo‘yicha vakili Samiya Melxem bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Unda elektron hukumat va sun’iy intellekt tizimlarini rivojlantirishda Saudiya Arabistoni Qirolligining tajribasini o‘rganish taklifi berildi. 

    Jumladan, Saudiya Arabistonida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari raqamlashtirilayotganligi, O‘zbekiston tomonidan IT autsorsing xizmatlarini Saudiya Arabistonida ko‘rsatish katta imkoniyatlar yaratishi mumkinligi ta’kidlandi. 

    Shuningdek, Saudiya Arabistonining Raqamli hukumat tashkiloti vitse prezidenti Abdulraxman Almutairi bilan uchrashuv doirasida, Vazirlik delegatsiyasining aprel oyida rejalashtirilayotgan mazkur mamlakatga tashrif doirasida yuqorida keltirilgan yo‘nalishlardagi zamonaviy yechimlar bilan tanishtirishga tayyorligini bildirdi.


    • view_icon 447