audio

    O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida IT-autsorsing va O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

    USAID tashkiloti Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Piter Yang va Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha ofisi katta xodimi Olga Kalashnikova hamda Hewlett Packard (HP) kompaniyasi Davlatlar bilan aloqa bo‘yicha departament boshlig‘i Ani Burke bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida IT-autsorsing va O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.  

    Jumladan, O‘zbekistonda masofaviy ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha eksport yiliga uch barobarga oshgan oxirgi yillarda. O‘tgan yili 344 mln dollarni tashkil etgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

    Ushbu yo‘nalishni yanada rivojlantirish maqsadida USAID tashkiloti va HP kompaniyasi bilan yangi loyihalarni birga amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.  

    Hozirgi kunda IT ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishida bir qator xalqaro tashkilotlar bilan, jumladan, Jahon banki va USAID tashkilotlari bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, xususan, ayollar, nogironlar va kam ta’minlangan oilalar farzandlarini raqamli iqtisodiyotga jalb etishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi. 

    AQSH kompaniyalari yordamida mamlakatning ishonchli IT-autsorsing yo‘nalishi sifatidagi imijini ilgari surish, shuningdek, IT-sohasiga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish, jumladan, soliq imtiyozlari va maxsus investitsiyalar yaratishdan manfaatdorligini bildirdi. 

    Shuningdek, ta’lim sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari, jumladan, IT-mutaxassislarini o‘qitish va tayyorlash bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash hamda ta’lim va mehnat uchun sifatli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

     


    • view_icon 511