audio

    Namangandagi IT Park rezidentlari bilan eksportni yanada oshirish imkoniyatlari muhokama etildi

    Namangan viloyatida tashrif doirasida Raqamli texnologiyalari vaziri Sherzod Shermatov IT Park rezidentlari bilan uchrashdi.

    Xususan, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va IT autsorsing xizmatlarini ko‘rsatuvchi “KPI.COM”, “Sitelabs”, “NIGHTMARE LABS”, “JNG TECHNOLOGIES”, “TECH DATA SOFT”, “Eurosoft” va boshqa rezident kompaniyalar faoliyati bilan tanishildi.

    Uchrashuvlar davomida IT kompaniyalar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida suhbatlashildi.

    Korxona vakillari bilan BPO va eksport hajmini yanada oshirish, IT sohasiga yoshlarni jalb qilish, viloyatni IT sektorini yuqori o‘rinlarga olib chiqish shuningdek, kelgusidagi ishlar rejalari muhokama qilindi.


    • view_icon 295