audio

    Namanganda kino va oʻyinlar industriyasida inson harakatlarini raqamlashtirishga qaratilgan yurtimizdagi birinchi loyiha faoliyati yo‘lga qoʻyildi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Namangan viloyatiga tashrifi doirasida IT Park rezidenti “Nightmare Labs” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.

    Kompaniyaning asosiy faoliyati “Motion Capture” texnologiyalari bilan inson va turli mavjudotlar harakatlarini raqamlashtirishga qaratilgan interaktiv studiya hisoblanadi.

    Bugungi kunda dunyo kino sanoati va video o‘yinlar ishlab chiqarishda “Motion Capture” texnologiyasidan keng hamda samarali foydalanib kelinmoqda. Jumladan, AQSh va g‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bu texnologiyalar mazkur sohadagi iqtisodiy samarador loyiha sifatida ishlatilmoqda.

    Hozirgi kunda studiya AQSh korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan soʻnggi rusumdagi yuqori va sifatli maxsus kamera, texnik uskunalar bilan jihozlangan.

    Kompaniya faolyatining asosiy iqtisodiy samaradorligi IT eksportga qaratilgan.

    Kompaniya faoliyati bilan tanishuv chog‘ida vazir ushbu sohani kengaytirish, oʻyin sanoatini Namangan IT sohasining o‘ziga xos drayveriga aylantirish bo‘yicha taklif va fikrlar bilidirdi.


    • view_icon 298