“Oracle” kompaniyasi bilan raqamli transformatsiya va bulutli texnologiyalar bo'yicha fikr almashildi
2026-03-27 10:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQSHga xizmat safari doirasida "“Oracle” kompaniyasining hukumat ishlari bo‘yicha boshqaruvchi direktori Ellison O‘Brayen bilan uchrashdi.
Uchrashuvda "O‘zbekiston-2030" raqamli transformatsiya strategiyasi, mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish va bulutli texnologiyalar bozori masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar bulutli xizmatlarni nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda keng joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Bu, o‘z navbatida, raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, IT-xizmatlar eksportini oshirish va mahalliy startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.


