Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
2026-03-31 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullari, Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilot rahbarlari, Marg‘ilon shahar xalq qabulxonasi rahbari hamda “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi rahbariyati ishtirok etdi. O‘tkazilgan sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etib, sohaga oid masalalar yuzasidan o‘zlarining murojaatlari hamda takliflarini bildirdilar. Sayyor qabulda “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK direktori M.Yuldashev fuqarolar tomonidan korxona faoliyatiga taalluqli masalalar va xizmatlar yuzasidan qiziqtirgan savollarga javob berib, ko‘tarilgan masalalarni atroflicha oʻrganib, tahlil qilgan holda, yechimga ega masalalarni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratdi.







