Mingga yaqin g‘oliblarni qamrab olgan mega loyiha — “Milliy tanlov” natijalari eʼlon qilindi
2026-04-01 20:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Davlat rahbari tashabbusi bilan “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida “Milliy tanlov”ni o‘tkazish hamda unda bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qituvchilar, o‘quvchilar va yoshlarni taqdirlash belgilangan edi.
Soʻnggi natijalarga koʻra “Milliy tanlov”ning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha quyidagilar gʻolib boʻldi:
“Eng faol oliy ta’lim tashkiloti” yoʻnalishida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Buxoro davlat texnika universiteti va Buxoro davlat universiteti gʻolib deb topildi.
Gʻoliblar:
– Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 100 mln soʻm,
– Buxoro davlat texnika universiteti — 50 mln soʻm,
– Buxoro davlat universiteti — 25 mln soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, “Eng faol ishtirokchi” yoʻnalishidagi gʻoliblar aniqlandi. Ushbu yoʻnalishda 705 ta oʻquvchi, 116 ta talaba va 9 nafar yoshlar gʻolib deb topildi. Ularga noutbuk, planshet va boshqa qimmatbaho texnikalar topshiriladi.
Bundan tashqari, “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” yoʻnalishida 107 nafar gʻolib aniqlandi. Ularning 97 nafariga 1000 dollar miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
10 nafar informatika fani oʻqituvchisi esa xorijga safar yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi:
- Abdualimov Oxun Ulug‘bek o‘g‘li – 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Jizzax viloyati
- Akimbayev Amangeli Azatovich – 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Qoraqalpo‘iston Respublikasi
- Yusupova Zulxumor Quranbayevna – Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Xorazm viloyati
- Murodova Lutfiya Ixtiyorovna – 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Buxoro viloyati
- Dadajonova Nafisaxon Abdumutalovna – 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Farg‘ona viloyati
- Yusupov Akbarali Usmonovich – 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Namangan viloyati
- Hushvaqova Dilsuz Ubaydullayevna – 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Qashqadaryo viloyati
- Nazarov Nurali Sheraliyevich– 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Samarqand viloyati
- Shavkatov Muhriddin Farxod o‘g‘li – 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Toshkent viloyati
- Kasimova Nodira Ergashevna – 158-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Toshkent shahri
Shuningdek, “Eng faol maktab” yoʻnalishida ham gʻoliblar aniqlanib, makur yo‘nalish g‘oliblari tantanali taqdirlash marosimida rasman e’lon qilinadi. “Milliy tanlov” doirasida eng faol ishtirok etgan 2 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabiga bosh sovrin “Prezident sovgʻasi” elektromobil topshiriladi.
