Termizda “Umummilliy AI Hackathon” boshlandi
2026-04-02 10:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida iqtidorli mutaxassislarga dolzarb muammolarni hal qilish, tajbira almashish va innovatsion IT yechimlari yaratish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladigan “National AI Hackathon” boshlandi. Tadbir 30-martdan 3-aprelgacha davom etadi.
Hakatonning tanishtiruv kuni — Day Zero davomida ishtirokchilarga hakaton formati va qoidalari, ish jarayoni va vazifalar, baholash mezonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, jamoalar shakllandi va ishtirokchilar bir-birlari bilan tanishib, faol ishga start berishga tayyor holga keldi.
Hakaton davomida ishtirokchilar dolzarb muammolar ustida ishlash, soha ekspertlari bilan muloqot qilish, jamoa bo‘lib innovatsion yechimlar yaratish va o‘z loyihalarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.






