Buxoroda “Umummilliy AI Hackaton” yakunlandi
2026-04-14 18:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbir davomida ishtirokchilar dolzarb muammolar ustida ishladi, soha ekspertlari bilan muloqot qildi, jamoaviy innovatsion yechimlar yaratib, o‘z loyihalarini professional hamjamiyatga taqdim etdi.
Loyihada IT Park Uzbekistan bilan birgalikda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, shuningdek, boshqa hamkor tashkilotlar faol ishtirok etdi. AI Hackathon 2026 dasturi ishtirokchilar uchun foydali workshoplarga boy bo‘ldi. Qatnashchilar sun’iy intellektning startaplardagi o‘rni, shuningdek, startapni shakllantirish va uni biznes nuqtai nazaridan rivojlantirish bo‘yicha muhim bilimlarga ega bo‘ldi.
Dastur doirasida ishtirokchilar o‘z loyihalari ustida ishlashga ham vaqt ajratdi hamda IT Park Uzbekistan, Yoshlar Ventures mentorlari va boshqa soha ekspertlaridan tavsiyalar oldi.
Hakaton yakunida venchur fondlar va startap vakillari ishtirokida Demo Day o‘tkazildi. Bu jarayonda jamoalar o‘z loyihalarini taqdim etdi va fikr-mulohazalar oldi.
Demo Day oxirida TOP-15 finalchilar e’lon qilindi hamda ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Final bosqichiga chiqqan jamoalar pitch tayyorgarligini davom ettirdi va yakunda kuchli uchlikka kirish uchun kurashni boshladi. Final bosqichida eng kuchli jamoalar aniqlanib, quyidagi natijalar qayd etildi.
Yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar
Sog‘liqni saqlash:
- 1-o‘rin: Med IQ
- 2-o‘rin: Med AI
- 3-o‘rin: Neuro X
Ta’lim:
- 1-o‘rin: Robots and Me
- 2-o‘rin: Feba
- 3-o‘rin: Monday
Tadbirkorlik:
- 1-o‘rin: Databek
- 2-o‘rin: Ko‘k Choy
- 3-o‘rin: Protocol X
Maxsus nominatsiyalar:
- Eng qiziqarli taqdimot: Blackstorm
- Ijtimoiy dolzarb loyiha: Astro Team
Mazkur hakaton hududlarda sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.





